06 dek 13:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Asilbek Jalilov Saken Bibossinovni mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga yo'l oldi
Tailandda boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Musobaqada -51 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Asilbek Jalilov chorak finalda qozog'istonlik tajribali bokschi, Olimpiada sovrindori Saken Bibossinovga qarshi jang qildi.
Jang to'liq davom etdi va unda Asilbek 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
Saken Bibossinov esa chorak finalda o'z yurishini yakunladi.
Bokschimiz endi 8 dekabr kuni yarim finalda ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar