03 may 17:05
Yangiliklar
Boks/MMA
Asli o'zbekistonlik bokschi Moldova nomidan jang qilib, g'alaba qozondi
Toshkentda o'tkazilayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining uchinchi kuni qizg'in pallaga kirib bormoqda.
Kunduzgi dasturdan o'rin olgan yana bir jang yakuniga etdi.
-71 kg vazn toifasida 1/32 finaldan o'rin olgan jangda asli o'zbekistonlik, hozirda Moldova nomidan jang qilayotgan Davron Bozorov Xitoy Taypeyi vakili Kan CHia-Veyga qarshi ringga chiqib, hakamlar qarori bilan (4:3) g'alaba qozondi.
Takidlash joiz, Davron Bozorov Xorazmda tavallud topgan. U bugungi g'alabasi orqali 1/16 final bosqichiga yo'l oldi. Qizig'i, Davron Bozorov keyingi jangida ham g'alaba qozongan taqdirda o'zbekistonlik boshqa bir bokschi — Saidjamshid Jafarov bilan to'qnash kelishi mumkin. Buning uchun Saidjamshid ham o'zining navbatdagi jangida g'alaba qozonishi kerak bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar