So’nggi yangiliklar

18:56Диёра Келдиёрова Словенияда машғулотларга киришди + ФОТО 0 18:28ОФК хулосаси: Ўзбекистон ЖЧда қандай ўйнади? 0 18:01Тарихий ютуқ: Жаҳон чемпионатида икки нафар ўзбекистонлик чавандоз иштирок этади 0 17:24Лайма Владсон Лейпцигдаги турнирнинг асосий тўрига йўл олди 0 16:50UFC рейтинги янгиланди. Нурсултон Рўзибоев ва Богдан Гусковнинг ўринларида ўзгариш рўй берди 0 16:19Винисиус “Арсенал” билан боғлиқ миш-мишлар фонида “Реал” қароргоҳига етиб келди 0 15:53Тошкент IBSA World Games 2027 комплекс мусобақасига мезбонлик қилади 0 15:22Рамазон Темиров қатнашиши кутилаётган турнирнинг асосий баҳси Забит иштирокида кечади + ПОСТЕР 0 14:57"Худди уни кимдир назорат қилаётгандек". Махачев Иан Гаррини танқид қилди 0 14:31100 миллион камми? “Ливерпуль” Франция терма жамоаси аъзоси учун курашмоқда 0 14:06Ислам Махачев бокс қоидалари бўйича жанг ўтказиш таклифига жавоб қайтарди 0 13:24Жошуа — Фьюри жанги Буюк Британияда эмас, бошқа жойда ўтказилиши мумкин 0 12:45"Кимдир ёлғон хабар тарқатибди" - Ислам Махачев 0 12:00"Декабргача ҳали вақт бор". Неймар фаолиятини якунлаши ҳақида фикр билдирди 0 11:29Рой Жонснинг шогирди Бектемир Мелиқўзиевни яна жангга чорлади 0

07 avg 16:57
Yangiliklar

Sport kurashlari, Kurash, Tokio-2020

Asosiy umidimiz – sport kurashchilarimiz qachon “boshlashadi”?

Sir emas, Rio-2016 Olimpiadasida asosiy medal kutayotganimiz – erkin va yunon-rum kurashchilarimiz sanaladi.

Olimpiadalar tarixida shu paytgacha 5ta oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsak, shundan 4tasini ushbu sport turi vakillari taqdim etishgan. Erkin kurash tarixiga kirgan hamyurtimiz Artur Taymazov 4ta Olimpiadada qatnashib, 3ta oltin va bitta kumush medalga sazovor bo'lgan. Yana bir oltinni Aleksandr Dokturashvili keltirgan.

Tabiiyki, Rio Olimpiadasida ham biz erkin va yunon-rum kurashchilarga umid bog'layapmiz. Rio-de-Janeyro gilamlarida 4 nafar erkin, shuncha yunon-rum kurashchimiz medallar uchun bahslarga kirishadi.


Erkin kurash bahslarida Abbos Rahmonov (57 kg), Ixtiyor Navro'zov (65 kg), Bekzod Abdurahmonov (74 kg), Magomed Ibragimov (97 kg), yunon-rum kurashi bahslarida esa Elmurot Tasmuradov (59 kg), Dilshod Turdiev (75 kg), Rustam Assakalov (85 kg) va Mo'min Abdullaev (130 kg) o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazishadi.

Ko'pchilikni ularning qachon bahslarga kirishishi qiziqtirishi tabiiy. Quyida etiboringizga har ikki yo'nalish kurashchilarimizning bahslarda qatnashish taqvimini havola qilamiz.

YUNON-RUM KURASHI:

14 avgust. Elmurot Tasmuradov (59 kg), Dilshod Turdiev (75 kg)

15 avgust. Rustam Assakalov (85 kg), Mo'min Abdullaev(130 kg)

ERKIN KURASH:

19 avgust. Abbos Rahmonov (57 kg), Bekzod Abdurahmonov (74 kg)

21 avgust. Ixtiyor Navro'zov (65 kg), Magomed Ibragimov (97 kg)

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing