26 iyu 08:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Aspinall: "Jonsni nokaut qilishim uchun bitta zarba etarli"
Britaniyalik jangchi, UFCning og'ir vazn toifasidagi to'rtinchi jangchi Tom Aspinall divizionning amaldagi chempioni Jon Jonsni nokaut bilan mag'lub qilishini aytdi.
"Jons nimalar bo'layotganini tushunmay qolishi uchun birgina zarbamning o'zi etarli bo'ladi. Tushunib turibman, Tibur hamda Jons - ikki xil toifadagi jangchilar, biroq nima bo'lgan taqdirda ham ular odam. Men shunchaki u tushunmay qoladigan birgina zarba bersam etarli va bunga qodirman deb hisoblayman. Buni katta savol qilib o'rtaga qo'yish ham shart emas, Jonsni nokaut qila olaman", - dedi Aspinall.
Jon Jons so'nggi jangini shu yilning mart oyida o'tkazgan va unda Siril Ganni mag'lub qilgandi. Noyabr oyida u UFC 295 doirasida Stip Miochichga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : Goal
Fikrlar