22 may 14:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Aspinall pandemiya unga qanday yordam bergani haqida gapirdi
UFC og'ir vazn toifasida vaqtinchalik chempion Tom Aspinall UFC’dagi ilk qadamlari va pandemiya uning faoliyatiga qanday tasir qilgani haqida gapirdi.
"Mening birinchi jangim Abu-Dabida bo'lgan — u erda hech kim yo'q edi. Katta auditoriya oldida jang qilishdan oldin 4 ta jang o'tkazdim. Bu sekin va yoqimli rivojlanish bo'ldi.
Abu-Dabidagi birinchi kardda 10 kishi bor edi. Keyin Vegasda jang qildim — u erda taxminan 100 kishi bo'lgan. Yana Vegasda — keyin kichik auditotriya paydo bo'ldi, 500–1000 atrofida odam. Keyingi jangim Londonda bo'lib o'tdi va meni Volkovga qarshi asosiy jangga qo'yishdi — u erda 22 ming kishi bor edi. Ammo men bunday muhitga allaqachon ko'nikkan edim. Pandemiya hammamiz uchun og'ir bo'ldi, lekin mening faoliyatim uchun foydasi tegdi", — dedi Aspinall.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar