15 okt 13:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Aspinall Siril Gan va boshqa raqiblaridan ustun tomoni haqida gapirdi
UFC’ning og'ir vazn toifasidagi (120 kg gacha) chempioni, britaniyalik Tom Aspinall o'zining ustun jihati haqida gapirdi.
"Agar men butun faoliyatimni shunday o'tkazib yuborsam, hech kim mening haqiqiy salohiyatimni to'liq ko'rmasa — bu men uchun ideal holat bo'ladi. CHunki har bir uzoq davom etgan jangda raqib seni ko'proq o'rganadi.
Hozirga kelib UFC’da ko'p janglarim bor, bu mening o'ninchi jangim bo'ladi, lekin odamlar imkoniyatlarimning faqat 10–20 foizinigina ko'rishgan. Bu katta afzallik, rostini aytsam, mening eng katta ustunliklarimdan biri — hech kim men nimalarga qodirligimni bilmasligidir", — dedi Aspinall.
Havola :
Manba : RMC Sport
Fikrlar