21 iyu 17:53
Yangiliklar
Sport kurashlari
Asu Almabaev RAF Ligasidagi ilk jangi elon qilindi
Qozog'istonlik aralash jang sanati ustasi, UFC'ning o'ta engil vazn toifasidagi reytingida yuqori o'rinlarni egallab kelayotgan Asu Almabaev 22 avgust kuni AQSHning Klivlend shahrida bo'lib o'tadigan RAF 12 (Real American Freestyle) turnirida ishtirok etadi.
Malum qilinishicha, Almabaev mazkur musobaqada mezbon sportchi Jonni DiJuliusga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv erkin kurash qoidalari asosida tashkil etiladi.
Asu Almabaev iyun oyida UFC Fight Night turnirida amerikalik CHarlz Jonson ustidan ishonchli g'alabaga erishgan edi. Endi esa u ilk bor oktagondan tashqarida, yangi formatdagi bellashuvda o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, 22 avgust kuni o'tadigan RAF 12 turnirining markaziy bahsida taniqli amerikalik kurashchi Jordan Barrouz hamda UFC jangchisi SHon Bredi o'zaro kuch sinashadi. SHuningdek, musobaqa dasturidan Kolbi Kovington – Belal Muhammad qarama-qarshiligi ham o'rin olgan.

Havola :
Manba : Real American Freestyle
Fikrlar