17 jan 08:46
Yangiliklar
Atajanov Octagon 39 turnirida tojikistonlik jangchiga qarshi oktagonga ko'tariladi
Eng engil vaznda o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Suhrob Atajanov (3-0)ning navbatdagi jangi bo'yicha tafsilotlar malum bo'ldi.
Unga ko'ra, hamyurtimiz 21 yanvar kuni Qozog'istonning Olma-Ota shahrida tashkil etiladigan Octagon 39 turnirining prelim kardi doirasida tojikistonlik Amirxon Ataxanov (4-1)ga qarshi jang qiladi.
Atajanov so'nggi bor 2022 yilning 19 fevral kuni Toshkentda tashkil etilgan Octagon 27 & U7 musobaqasi doirasida qozog'istonlik Aybol Axmetovga (2-1) qarshi jang qilib, nokaut bilan g'alaba qozongan edi.
Amirxon Ataxanov esa oxirgi jangini 2022 yilning 18 noyabr kuni Octagon 37 turnirida hamyurti Teymur Japarovga (11-3-1) qarshi o'tkazib, hakamlar qarori bilan mag'lub bo'lgan edi.
Fikrlar