28 fev 12:18
Yangiliklar
Boks/MMA
"Ataman" Fiziev: "Makgregor juda ko'p alkogol istemol qiladi"
Rafael Fiziev Konor Makgregor haqida fikr bildirdi.
Engil vazn toifasida ozarbayjonlik UFC jangchisi Rafael Fiziev (12-1) mazkur vaznning sobiq chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor (22-6) haqida fikr bildirdi.
"Men Konor Makgregorni UFC Performance Institute'da ko'rdim va o'yladimki, u juda ko'p "oqshomlar"ni tashkil etadi. Unda har kuni shunaqa holat yuz beradi. Uning juda ko'p alkogol istemol qilishini yuzidan ham bilib olish mumkin", - dedi Fiziev.
Malumot uchun, Konor Makgregor ayni damda The Ultimate Fighter shousining 31-mavsumini suratga olish ishlarida ishtirok etmoqda. Fiziev esa 18 mart kuni Jastin Getjiga qarshi o'tadigan jangiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar