27 jan 16:53
Yangiliklar
Boks/MMA
ATFC Ligasining navbatdagi turniri va chempionlik maqomidagi asosiy jangi elon qilindi (POSTER)
Amir Temur Fighting Championship Ligasi o'zining navbatdagi musobaqasini rasman anons qildi.
ATFC 28 turniri 4 fevral kuni Buxoro shahridagi "Universal" sport saroyida o'tkaziladi.
Oqshomning markaziy jangi hamyurtimiz SHarif Kushaev hamda Rossiya vakili Tavil Ilyasov o'rtasida kechadi. Jang yarim engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.
Malumot uchun, 30 yoshli SHarif Kushaev hozirgacha 11 ta jang o'tkazib, 10 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. Tavil Ilyasov hisobida esa 4 ta g'alaba bor.

Havola :
Manba : instagram.com/atfc.uz
Fikrlar