03 iyu 12:59
Yangiliklar
ATP reytingi. Top-10 o'zgarishsiz, tennischilarimizning barida pasayish
Unga ko'ra, Top-10`talik reytingida hech qanday o'zgarish kuzatilmadi. Tennischilar o'tgan haftadagi o'z o'rinlarini saqlab qolishdi. Karlos Alkaraz ham peshqadam. Malorka turniri chempioni Kristofer Yubenks faoliyatida ilk bor Top-50 reytingida debyut qildi. Istburn turniri finalchisi Tommi Pol esa Top-15`ga qaytdi.
Mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan tennischilarimizning barida bu hafta ham pasayish kuzatilganini ko'rishimiz mumkin. Humoyun Sultonov, Sergey Fomin va Denis Istomin bir xilda - 8 pog'onaga pastlashdi. Maksim SHin reytingda 19, Sanjar Fayziev 23, Mustafo Do'stov, Aziz Dadaboev va Rahimbek Ibrohimov birdek - 22 o'rin quyiga sho'ng'igan.
ATR reytingi. Top-10:
1. (1) Karlos Alkaraz (Ispaniya) - 7675 ochko
2. (2) Novak Jokovich (Serbiya) - 7595
3. (3) Daniil Medvedev (Rossiya) - 5890
4. (4) Kasper Ruud (Norvegiya) - 4960
5. (5) Stefanos Cicipas (Greciya) - 4670
6. (6) Xolger Rune (Daniya) - 4510
7. (7) Andrey Rublyov (Rossiya) - 4255
8. (8) Yannik Sinner (Italiya) - 3345
9. (9) Teylor Fritc (AQSH) - 3310
10. (10) Frensis Tiafo (AQSH) - 3085
O'zbekistonlik tennischilarning ATR reytingidagi o'rni:
504 (496). Humoyun Sultonov - 75
561 (553). Sergey Fomin - 61
742 (734). Denis Istomin - 31
1372T (1353). Maksim SHin - 4
Fikrlar