So’nggi yangiliklar

23:26Ронда Роузи Дана Уайтга "вызов" ташади 0 23:01ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди 0 22:26Махачев Шавкат Раҳмоновнинг дивизиондаги келажагини баҳолади 0 16:28Оксана Чусовитина Германиядаги Жаҳон кубогининг илк босқичида қатнашяпти 0 16:07Тошкент "Катта Дубулға" турнирида қатнашидиган дзюдочиларимиз таркиби маълум бўлди 0 15:40МЮ англиялик юлдуз учун катта пул тўлашга тайёр 0 15:19Тайсон Фьюри Маҳмудовдан кейингиси ким деган саволга жавоб берди 0 14:58Пётр Ян илк камар ҳимоясини қачон ўтказишини айтди 0 14:37Одилхон энди Грузияда жанг қилади (ПОСТЕР) 0 14:16"Марсель" янги мураббий тайинланганини эълон қилди 0 13:55Шон Стрикленд: "Хамзат Имавовни енгиб, яна 1,5 йил "уйқу"га кетади" 0 13:33Ислам Махачев: "Реваншга лойиқ бўлиш керак, у ҳали тайёр эмас" 0 13:04Даниил Ейбогнинг Олимпиададаги сўнгги стартидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:41"Реал Мадрид" 20 ёшли футболчи учун 100 миллион беришга тайёр 0 12:20Ислам Махачев энди элчи (ФОТО) 0

07 jan 20:24
Yangiliklar

Tennis

Australian Open-2024 saralash bosqichiga qura tashlandi. Abduraimova braziliyalik raqibasiga qarshi kortga chiqadi

8-28 yanvar kunlari Avstraliyaning Melburn shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Australian Open-2024 turniri bo'lib o'tadi.

Biroz avval yilning dastlabki "Katta Dubulg'a" turnirining saralash bahslariga qura tashlandi. Aynan ertadan start oladigan Avstraliya Ochiq chempionatining kvalifikaciya turnirida hamyurtimiz Nigina Abduraimova ham ishtirok etadi. 

Qura natijasiga ko'ra, mamlakatimizning birinchi raketkasi Australian Open turnirining ilk davrasida braziliyalik Laura Pigossiga qarshi kortga chiqadi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan 9 yanvar kuni tong saharda, soat 04:00da boshlanadi. 

Taqqoslash uchun, ayni paytda Nigina Abduraimova WTA reytingida 210, Laura Pigossi esa 112-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro uchrashishmagan. Bu juftlik g'olibasi keyingi bosqichda Yana Fett (Xorvatiya) - Dominika Salkova (CHexiya) uchrashuvida zafar quchgan tennischiga qarshi kortga chiqadi.      

Eslatib o'tamiz, Australian Open 2024 turnirining umumiy mukofot jamg'armasi 13 foizga oshirildi va 59,1 million dollarni tashkil qiladi. CHempionlar 2,153,000 AQSH dollariga ega bo'lishadi. Finalchi o'z hamyonini 1 million 179 ming dollarga boyitib oladi. SHunchaki birinchi davradagi ishtirok tennischilarga 82 ming 20 dollar taqdim etadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing