24 jan 11:42
Yangiliklar
Tennis
Australian Open. Karen Xachanov 1/2 finalga yo'l oldi
Dunyoning 20-raketkasi Karen Xachanov Avstraliya Ochiq chempionatining yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Rossiyalik tennischi ATP reytingining 31-pog'onasida borayotgan amerikalik Sebastyan Kordani mag'lubiyatga uchratdi. Korda 6/7(5), 3/6, 0/3 hisobida yutqaza turib, bahsni yakuniga etkaza olmadi. Sebastyanning jarohati bunga yo'l qo'ymagan.
Tennischilar kortda 1 soatu 52 daqiqa harakat qilishgan. Ularning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 2:2. Xachanov 12, Korda 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Endi Karen Australian Open 1/2 finalida Stefanos Cicipas (Greciya) - Irji Lexechka (CHexiya) uchrashuvi g'olibiga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar