25 noy 12:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Avazbek Xolmirzaev keyingi jangini filippinlik sportchiga qarshi o'tkazadi
6 dekabr tongida Tailandning Bangkok shahrida MMA, kik-boks, greppling va muay-tay bo'yicha ONE Fight Night 38 turniri tashkil etiladi.
Biz uchun etiborlisi, turnir doirasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Avazbek Xolmirzaev MMA bo'yicha navbatdagi jangini o'tkazadi.
24 yoshli Avazbek musobaqada filippinlik Jeremi Miado bilan bahs olib borishi aytilmoqda.
Malumot uchun, Avazbek Xolmirzaev karerasi davomida hozirgacha 16 ta jang o'tkazib, 14 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. 32 yashar Jeremi Miado hisobida esa 13 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat mavjud.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar