23 iyu 14:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Avazbek Xolmirzaev Sanjar Zokirov mag'lub etgan yapon sportchisi bilan jang qiladi
O'zbekistonlik MMA jangchisi Avazbek Xolmirzaevning keyingi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
24 yashar hamyurtimiz 18 iyul kuni tashkil etiladigan ONE FC turniri doirasida oktagonga qaytadi.
Malum bo'lishicha, unga o'sha kuni Yaponiya vakili Tatsumisu Vada raqib bo'ladi.
Vada o'zbekistonlik sportchilar uchun begona emas. U joriy yilning yanvar oyida boshqa bir hamyurtimiz — Sanjar Zokirov bilan jang qilib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.
Takidlash joiz, Avazbek Xolmirzaev faoliyati davomida 14 ta jang o'tkazib, 12 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. 36 yoshli Tatsumitsu Vada hisobida esa 26 ta g'alaba, 13 ta mag'lubiyat va 2 ta durang mavjud.
Havola :
Manba : oktogon.uz
Fikrlar