04 fev 12:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Avliyoxon Hamidov ACA ligasi bilan shartnoma imzoladi
Avliyoxon Hamidov yangi ligada oktagonga ko'tariladi.
Eng engil vaznda o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Avliyoxon Hamidov (11-4-1) ACA ligasi bilan shartnoma imzolaganini malum qildi.
"Assalomu alaykum hammaga. Bugun men dunyoning ikkinchi eng kuchli ligasi ACA bilan shartnoma imzoladim. Jangim 25 fevral kuni Rossiyaning Grozniy shahrida bo'lib o'tadi. Duoda bo'linglar, chiroyli jang qilaman In SHa Allah", - deb yozib qoldirgan Hamidov.
Avvalroq, Avliyoxon AQSHning Jacksonwink menejerlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi.
Havola :
Manba : instagram.com/avliyohon_hamidov
Fikrlar