24 iyu 13:29
Yangiliklar
Avliyoxon Hamidov ham faoliyatini ONE FC'da davom ettiradi
32 yoshli andijonlik jangchi bu haqda Instagram sahifasida malum qilgan. Hamidov, shuningdek, navbatdagi jangi sanasini ham elon qilgan:
"Assalomu alaykum hammaga! Juda katta tanaffusdan keyin oktagonga qaytyapman. 30 iyun kuni Tailand poytaxti Bangkokda ONE FC turnirida jang qilaman. Duoda bo'lib turinglar", - deb yozib qoldirgan hamyurtimiz.
Eslatib o'tamiz, Avliyoxon Hamidov fevral oyida ACA ligasida jang qilishi kerak edi, biroq uning Rossiya hududiga kirishida muammo yuzaga kelgani sabab, jangi bekor bo'lgan edi. Hozirda uning ACA ligasi bilan shartnomasi haqida malumot berilmagan. Avvalroq, Muhiddin Mamajonovning ONE Championship bilan shartnoma imzolash arafasida ekanini yozgan edik.
Fikrlar