23 fev 10:37
Yangiliklar
Avliyoxon Hamidov Rossiya hududiga kiritilmadi, uning jangi bekor bo'ldi
25 fevral kuni CHechenistonning Grozniy shahrida ACA (Absolute Championship Akhmat) ligasining 152-musobaqasi o'tkaziladi.
Ushbu musobaqa doirasida eng engil vaznda o'zbekistonlik aralash yakkakurashchi Avliyoxon Hamidov (11-4-1) chechenistonlik Jaddal Alibekovga (8-1) qarshi jang qilishi kerak edi. Biroq, bugun Rossiyaga uchib ketgan hamyurtimiz mamlakat hududiga kiritilmagan va natijada Hamidovning jangi bekor bo'lgan. Bu haqda Avliyoxon Hamidovning o'zi Instagram'dagi sahifasida malum qilgan:
"SHuncha mehnat qildik, lekin Allohdan ekan, jang nasib qilmabdi. Har bir ishning hikmati bor In SHa Allah", - deb yozib qoldirgan Hamidov.
Avliyoxon Hamidov so'nggi bor o'tgan yilning 27 fevralida Toshkentda tashkil etilgan MPL 3 musobaqasi doirasida qirg'izistonlik Maksat Ashimovga (2-1) qarshi jang qilib, g'alaba qozongan edi.
Fikrlar