28 mar 07:23
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
Avstraliya rossiyalik sportchilarni Olimpiada-2032da qabul qilishga tayyor
Avstraliya Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari 2032 yilgi Olimpiadada rossiyalik sportchilarni qabul qilishga tayyorligini aytdi.
Mett Kerroll Rossiya va belaruslik sportchilar Avstraliya federal hukumatining qarshiligiga qaramay, 2032 yil Brisbenda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida ishtirok etishini takidladi.
Avstraliya MOQ rahbari sportning dunyoda birlashtiruvchi rolda ekanligini qayd etdi. Uning fikricha, Rossiya va belaruslik sportchilar Ukrainadagi mojaroning bevosita ishtirokchisi emas va ularning 2032 yilgi Olimpiadadan chetlatilishi jamiyatda yanada katta bo'linishga sabab bo'ladi.
"Avstraliya MOQ poziciyasi XOQ bilan bir xil", - dedi Kerroll.
Havola :
Fikrlar