27 sen 07:39
Yangiliklar

Avstraliya UFC turniriga bir kun qolganda yana bir jang bekor qilindi
Turnirga bo'lgan qiziqish keskin tushib ketganidan tashkilotchilar chiptalar narxini ikki barobarga kamaytirishdi. Hozirgacha qilingan hisob-kitoblarga ko'ra arenaning yarmi ham to'lmasligi aytilmoqda.
Bir hafta oldin yarimog'ir vazn toifasi vakillari Junior Tafa va Ibo Aslan o'rtasidagi jang bekor qilingandi. Endi esa turnirga bir kun qolganda Oban Elliott va Jonatan Mikallef o'rtasidagi jang ham karddan echildi. Yarimo'rta vazn toifasi vakillarining jangi bekor qilinishiga Elliottning betobligi sabab bo'ldi.
UFC Fight Night 260 turnirining asosiy jangi yarimog'ir vazn toifasida o'tkaziladi. Davogarlik maqomidagi ushbu jangda Karlos Ulberg Dominik Reyesga qarshi oktagonga chiqadi. Qolgan janglarda unchalik taniqli bo'lmagan aralash yakkakurash ustalari bo'lib, MMA muxlislarida qiziqish uyg'otmayapti.
Fikrlar