10 okt 13:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Avstraliyada sobiq UFC jangchisi otib o'ldirildi - policiya bu qotillikni buyurtma deb hisoblamoqda
Avstraliyalik UFC sobiq jangchisi, Australian Top Team sport zali asoschisi Suman Moxtaryan Sidneyning Riverstoun chekkasida sodir bo'lgan otishmada halok bo'ldi.
Hodisa 8 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 18:00`da sodir bo'lgan. Voqea joyiga etib kelgan policiya xodimlari 33 yoshli sportchining o'q sabab jiddiy jarohat olganini aniqlagan. Tez tibbiy yordam xodimlarining urinishlariga qaramay, Moxtaryan voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki malumotlarga ko'ra, bu maqsadli hujum bo'lgan. Guvohlarning xabar berishicha, otishmani sodir etgan shaxs qizil rangli Audi mashinasida qochib ketgan.
Bu jangchining hayotiga ikkinchi suiqasd edi – 2024 yilning fevralida o'z sport zali yonida Moxtaryanga qarata kurer qiyofasidagi qurolli shaxs o't ochganda sportchi hujumdan omon qolgandi. U 2018 yilda UFC'da ikkita jang o'tkazgan edi.
Havola :
Manba : Daily Mail
Fikrlar