08 jan 08:14
Yangiliklar
Avstraliyalik Teremoana Bahodir Jalolovdan prof boksda revansh olmoqchi
Teremoana va Jalolov 2024 yilda Parijda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarining chorak finalida to'qnash kelishgandi. Jangda Bahodir hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozonib, keyinchalik ikki karra Olimpiada chempioniga aylangandi.
"Men, albatta revansh olishni xohlayman, chunki Olimpiadadagi g'alaba meniki edi deb o'ylayman. Menga biroz vaqt bering, biz albatta professional boksda revansh jangini o'tkazamiz. Men buni intiqlik bilan kutyapman", dedi Teremoana.
Malumot uchun, o'tgan yilning noyabr oyida Eddi Xirn boshchiligidagi Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi 26 yoshli avstraliyalik charm qo'lqop ustasi bilan shartnoma imzolagandi. U prof boksda hozirga qadar 5 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.
Junior 8 yanvar kuni o'z mamlakatida germaniyalik Osasu Otobo bilan, Bahodir Jalolov esa 6 fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida franciyalik Devid Spilmont bilan jang qiladi.
Fikrlar