24 dek 15:11
Yangiliklar
Sport kurashlari
Ayollar jamoamizning mashg'uloti yakuni sari yaqinlashmoqda
O'zbekiston ayollar kurashi terma jamoasining poytaxtda o'tkazilayotgani o'quv-mashg'ulot yig'ini yakuniga etib bormoqda.
Anatoliy Ibragimov va Axmed Kagarmanov murabbiyligidagi erkin kurashchi qizlarimiz kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazishyapti. Bugun ikki haftalik mashg'ulotlar o'z yakuniga etadi va terma jamoamiz azolari 6 yanvarga qadar tatilga chiqishadi.
Agar hammasi joyida bo'lsa, yanvar oyida Ukrainaning Kiev shahrida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazish rejalashtirilgan. SHu yig'in orqali qizlarimiz Qozog'istonda o'tkaziladigan Tokio Olimpiadasining licenzion turniriga tayyorgarlik ko'rishadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar