16 mar 09:19
Yangiliklar
Sport kurashlari
Ayollar kurashi jamoamiz Toshkentda yig'in o'tkazyapti FOTOREPORTAJ
SHu kunlarda poytaxtimizda sport kurashlari bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasining o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etilyapti.
Qizlarimiz reja bo'yicha may oyida o'tkazilishi kutilayotgan Tokio Olimpiadasining licenzion turniriga tayyorgarlik ko'rishyapti. Aslida ushbu musobaqa avvaliga Xitoyda, keyin esa Qirg'izistonning Bishkek shahrida o'tkazilishi kerak edi. Lekin koronavirus sabab har ikkala turnir ham bekor qilindi.
Olimpiadaning licenzion turniri ayollar terma jamoamiz uchun juda ham muhim hisoblanadi. Boisi, hozirgacha qizlarimizga to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish nasib qilmagan. Jamoamiz azolari ushbu noxush ananani buzish maqsadida mashg'ulotlarga zo'r berishgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar