27 noy 08:41
Yangiliklar
Sport kurashlari
Ayollar kurashi. Poytaxtimizda O'zbekiston kubogi o'tkaziladi
1-2 dekabr kunlari Toshkent shahri ayollar kurashi bo'yicha O'zbekiston kubogiga mezbonlik qiladi.
Musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Musobaqalar ikki yosh toifasida – 1999-2001 yillarda tug'ilgan sportchilar va kattalar o'rtasida o'tkaziladi. Har ikki yo'nalishda ham 10 ta vazn toifasida bellashuvlar tashkil qilinadi.
Bahslar Toshkentdagi «Dinamo» sport klubida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar