19 noy 17:24
Yangiliklar
Sport kurashlari
Ayollar kurashi. Qizlarimiz Yaponiyadagi Osiyo chempionatidan 5 ta medal bilan qaytishdi
Yaponiyaning Fudzimi shahrida ayollar kurashi bo'yicha 15 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida Osiyo chempionati yakunlandi.
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik kurashchilar ham ishtirok etishdi.
Qizg'in va murosasiz kechgan musobaqa yakunlariga ko'ra qizlarimiz 5 ta medalga ega chiqdilar. -66 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Rushona Abdurasulova oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Layloxon Sobirova (-62 kg), Ulmeken Esenbaeva (-50 kg), Dilshoda Matnazarova (-46 kg) va Nigina Sobirova (-39 kg) bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi qizlari Osiyo chempionatini 1 ta oltin, 4 ta bronza medali bilan yakunladilar.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar