06 sen 17:23
Yangiliklar
Sport kurashlari

Ayollar kurashi terma jamoamiz Jahon chempionatida qanday tarkib bilan qatnashadi?
13-21 sentyabr kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida o'tkaziladigan sport kurashlari bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston ayollar kurashi terma jamoasi ham ishtirok etadi.
Zagreb gilamlarida terma jamoamizning 6 nafar vakilasi jahon chempionati medallari yo'lida bahs olib boradi.
Tarkibdan Parij-2024 Olimpiadasi ishtirokchisi Aktenge Keunimjaeva, o'smirlar Olimpiadasi sovrindori SHohida Ahmedova, yaqindagina Vetnamning Vungtau shahrida yoshlar (U 23) o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionatida bronza medalini qo'lga kiritgan Layloxon Sobirova, shuningdek, Nabira Esenbaeva, Svetlana Oqnazarova va Ozoda Zaripboeva joy olgan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar