03 dek 18:18
Yangiliklar
Dzyudo
Ayollar o'rtasida -48 kg vaznda g'olib va sovrindorlar malum FOTOGALEREYA
Poytaxtimizdagi “Sahovat sport servis” (sobiq “O'zbekiston” sport saroyi) sport majmuasida dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati davom etmoqda.
Ayni daqiqalarda musobaqaning ayollar va erkaklar o'rtasidagi bellashuvlarida g'olib hamda sovrindorlar aniqlanmoqda. Hozirgina ayollar o'rtasida -48 kg vazn toifasida taqdirlash marosimi o'tkazildi.
Qoraqalpog'istonlik Gulnur Muratbaeva hal qiluvchi final bahsida xorazmlik dugonasi Xoljon Bekmamatovani mag'lubiyatga uchratib, O'zbekiston chempioniga aylandi. Poytaxtlik Kimyo Marasulova va naanganlik Fotimaxon Tursunboeva bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
-48 kg vazn toifasi
1. Gulnur Muratbaeva (Qoraqalpog'iston)
2. Xoljon Bekmamatova (Xorazm)
3. Kimyo Marasulova (Toshkent shahri)
3. Fotimaxon Tursunboeva (Namangan)
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar