13 mar 12:07
Yangiliklar

Ayollar o'rtasidagi JCH. Bugun sakkiz bokschimiz 1/2 final uchun jang qiladi
Hamyurtimiz Nigina O'ktamova yana bir ajoyib jang o'tkazdi va bu gal kubalik raqibasini birinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi. SHuningdek, Farzona Fozilova, Aziza Zokirova va Feruza Kazakova ham o'z janglarida g'alaba qozonishdi.
-48 kg: Farzona Fozilova – Sueyun CHjon (Xitoy) 5:0
-54 kg: Nigina O'ktamova – Melani Bermudez (Kuba) 1-raundda texnik nokaut
-75 kg: Aziza Zokirova – Alina Veber (Belarus) 5:0
-52 kg: Feruza Kazakova – Roxana Stela (Ruminiya) 5:0
-70 kg: Oysha Toirova – Saida Laxmidi (Marokash) 0:1
Bugun jahon chempionatining chorak final janglari o'tkazilib, unda mazkur bosqichga etib kelgan 8 nafar bokschimiz ringga ko'tariladi.
-50 kg: Sabina Boboqulova - Zlatislava CHukanova (Bolgariya)
-60 kg: Sitora Turdibekova - Viktoriya Grafeeva (Qozog'iston)
-66 kg: Navbahor Hamidova - Muniya Tutire (Marokash)
-81 kg: Sohiba Ro'zmetova - Busra Isildar (Turkiya)
-48 kg: Farzona Fozilova - Anaxanim Ismailova (Ozarbayjon)
-52 kg: Feruza Kazakova - Imane El Azami (Marokash)
-57 kg: Nigina O'ktamova - Andela Brankovich (Serbiya)
-75 kg: Aziza Zokirova - Aofe Oryurki (Irlandiya).
Fikrlar