09 apr 12:36
Yangiliklar
Ayollar terma jamoamiz Osiyo chempionatini 5 ta medal bilan yakunladi
Bugun musobaqa doirasida ayollar o'rtasidagi bellashuvlar bo'lib o'tdi.
Final bahslarida ishtirok etgan qizlarimiz imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalanishdi.
-75 kg: Aziza Zokirova (O'zbekiston) – Bao Czi (Xitoy) 2:3
-80 kg: Ruxshona Parpieva (O'zbekiston) – Nadejda Ryabec (Qozog'iston) 0:5
SHu tariqa, O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo chempionatini 2 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan yakunladi.
Sovrindorlarimiz:
Kumush:
-75 kg: Aziza Zokirova
-80 kg: Ruxshona Parpieva
Bronza:
-57 kg: Nigina O'ktamova
-70 kg: Oysha Toirova
+80 kg: Oltinoy Sotimboeva
Erkaklar o'rtasidagi finallar ertaga, 10 aprel kuni o'tkaziladi. Unda terma jamoamizning 5 nafar azosi oltin medal uchun ringga ko'tariladi.
Fikrlar