10 dek 19:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Ayollar terma jamoamiz Osiyo chempionatini 9 ta medal bilan yakunladi
Bugun Tailandning CHiangmay shahrida davom etayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi ASBC Osiyo birinchiligining ayollar ishtirokidagi final bahslari bo'lib o'tdi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, O'zbekiston ayollar terma jamoasi 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi.
G'olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
-48 kg: Farzona Fozilova
-52 kg: Feruza Kazakova
-66 kg: Navbahor Hamidova.
Kumush medal:
-54 kg: Aziza Yakubova
-57 kg: Nigina O'ktamova
-75 kg: Aziza Zokirova
+81 kg: Oltinoy Sotimboeva.
Bronza medal:
-50 kg: Sabina Boboqulova
-81 kg: Sohiba Ro'zmetova.
Ertaga erkaklar o'rtasidagi final bahslari bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : boxinguzbekistan
O’xshash yangiliklar
15:29
O'zbekiston xokkey terma jamoasining tarixiy Jahon chempionatidagi so'nggi o'yinidan FOTOGALEREYA 0
Fikrlar