13 fev 11:15
Yangiliklar
Sport kurashlari
Ayollar terma jamoamizning Kiev yig'ini boshlandi FOTOREPORTAJ
Ayollar kurashi bo'yicha O'zbekiston kattalar terma jamoasi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish maqsadida Ukraina poytaxti Kiev shahriga yo'l olgani haqida xabar bergan edik.
Anatoliy Ibragimov murabbiyligidagi kurashchi-qizlarimiz kechadan kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarni boshlashdi. 25 fevralga qadar davom etadigan ushbu yig'in ayollar terma jamoamiz uchun aynan Ukraina poytaxtida o'tkaziladigan xalqaro turnirga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi.
Mashg'ulotlarda qatnashayotgan tarkibimiz:
50 kg: Jasmina Immaeva, Dauletbike Yaxshimuratova
53 kg: Aktenge Keunimjaeva, SHohida Ahmedova
57 kg: Sevara Eshmuratova, Layloxon Sobirova
62 kg: Ariuxan Jumabaeva, Nabira Esenbaeva
65 kg: Gozzal Alliyarova, Rushana Abdurasulova
68 kg: Svetlana Oknazarova, SHaxribonu Ellieva
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar