01 dek 14:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Azamat "Drakon" Nuftillaevning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum bo'ldi
Azamat Nuftillaev bir haftadan so'ng jang qiladi!
Og'ir vazn toifasida o'zbekistonlik MMA ustasi, ayni damda Ares promoushenida jang qilayotgan 30 yoshli Azamat Nuftillaev (12-1-1)ning navbatdagi jang bo'yicha tafsilotlar malum bo'ldi.
Unga ko'ra, Nuftillaev 8 dekabr kuni Parijda bo'lib o'tadigan Ares 10 musobaqasida braziliyalik Moyzesio Brandao (7-4-0)ga qarshi jang qiladi.
"Assalomu alaykum, hammaga. Duoda bo'linglar, In sha Allah yutamiz", - deya muxlislarga murojaat qilgan Nuftillaev Instagramdagi sahifasi orqali.
Azamat Nuftillaev so'nggi jangini 2 sentyabr kuni Slim Trabelsi (5-0)ga qarshi o'tkazib, mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Fikrlar