10 iyu 18:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Azat Maksum ACA bilan shartnoma imzoladi
Qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi Azat Maksum faoliyatini ACA (Absolute Championship Akhmat) ligasida davom ettiradi.
Malumotlarga ko'ra, sobiq UFC jangchisi ACA bilan rasman shartnoma imzolagan. SHuningdek, qozog'istonlik yana bir fayter Jasulan Akimjan ham mazkur promoushen bilan kelishuvga erishgan. Aytilishicha, har ikki sportchi 17 iyul kuni Olmaota shahrida bo'lib o'tadigan ACA 205 turnirida debyut qilishi mumkin.
31 yoshli Maksum 2023–2025 yillar davomida UFC oktagonida to'rt marta jang qilib, bitta g'alaba va uchta mag'lubiyat qayd etdi. U fevral oyida poytaxtimizda tashkil etilgan Mangu 1 musobaqasi doirasida hamyurtimiz Ramazon Temirovga qarshi greppling jangini o'tkazib, durangga imzo chekkandi.
Havola :
Manba : VestnikMMA
Fikrlar