29 jan 19:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Aziz Tojiev ishtirokidagi final muddatidan avval yakunlandi
Toshkent shahri mezbonligida o'tayotgan 22 yoshgacha bo'lgan bokschilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida yana bir hamyurtimiz oltin medal sohibiga aylandi.
-71 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Aziz Tojiev final bahsida qirg'izistonlik Rustambek Uulu Nuradinga qarshi ringga chiqdi. Jang hamyurtimizning yuzidagi jarohat sabab muddatidan avval to'xtatildi. Jarohatga qadar to'plangan ochkolarga ko'ra, hamyurtimiz Aziz Tojiev g'alaba qozondi va oltin medalni qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar