29 jan 20:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Aziz Tojievning qonli va shu bilan birga yakuniga etmay qolgan jangidan yorqin FOTOREPORTAJ
22 yoshgacha bo'lgan bokschilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida yana bir hamyurtimiz oltin medal sohibiga aylandi.
-71 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Aziz Tojiev final bahsida qirg'izistonlik Rustambek Uulu Nuradinga qarshi ringga chiqdi. Jang hamyurtimizning yuzidagi jarohat sabab muddatidan avval to'xtatildi. Jarohatga qadar to'plangan ochkolarga ko'ra, hamyurtimiz Aziz Tojiev g'alaba qozondi va oltin medalni qo'lga kiritdi.
Suratlar muallifi - Jahongir FAYZULLAEV, o'z muxbirimiz
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar