18 may 20:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Aziza Yokubova jahon chempionatining bronza medali sohibasi!
Istanbul shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasidagi jahon chempionati o'z yakuniga etib bormoqda.
Bugun musobaqaning yarim finalida -50 kg vaznli bokschimiz Aziza Yokubova kolumbiyalik Lorena Valensiyaga qarshi jang qildi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
SHu tariqa, bokschimiz jahon chempionatining bronza medalini qo'lga kiritdi!
Qayd etish lozimki, bungacha O'zbekiston ayollar terma jamoasi azolari kattalar o'rtasidagi JCHda medal qo'lga kiritishmagandi. Aziza bu borada birinchi bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar