10 dek 13:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Aziza Yoqubova Osiyo chempionatining kumush medaliga ega chiqdi
Tailandning CHiangmay shahri boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Bugun musobaqada ayollar o'rtasidagi final bellashuvlari o'tkazilmoqda.
CHempionatda -54 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan JCH sovrindori Aziza Yoqubova finalda mezbon bokschi, Tailand vakilasi Natnicha CHongprongklangga qarshi ringga ko'tarildi.
To'liq davom etgan jangda hamyurtimiz 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqaning kumush medaliga sazovor bo'ldi.
Avvalroq Farzona Fozilova va Feruza Kazakova finalda g'alabaga erishib, oltin medalni qo'lga kiritgani haqida xabar qilgandik.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar