16 may 20:36
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/218935_220.jpg)
Aziza Yoqubova o'zbek boksi tarixida yangi sahifa ochdi!
Turkiyada boks bo'yicha ayollar o'rtasida jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Musobaqada -50 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Aziza Yoqubova chorak finalda italiyalik Jiordana Sorrentinoni mag'lubiyatga uchratdi va yarim finalga chiqdi.
Qayd etish lozimki, Aziza ushbu g'alabasi orqali o'zbek boksi tarixida yangi sahifa ochdi. Hali O'zbekiston vakilasi ayollar (kattalar) o'rtasidagi jahon chempionatida yarim finalga chiqmagandi. Bu degani - Aziza Yoqubova o'zi uchun JCH medalini naqd qildi.
Ammo bu bilan to'xtab qolish yo'q. Biz bokschimizdan faqat va faqat oltin medal kutib qolamiz!
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar