04 mar 11:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Azizbek Temirovning RIZIN Ligasidagi ilk raqibi elon qilindi (POSTER)
Xabar berganimizdek, o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Azizbek Temirov faoliyatini Yaponiyaning RIZIN Ligasida davom ettiradi.
Hamyurtimiz mazkur tashkilotdagi ilk jangini 12 aprel kuni Yaponiyaning Fukuoka shahrida tashkil etiladigan RIZIN Landmark 13 turnirida o'tkazadi. Unga musobaqa doirasida yaponiyalik Ryuya Fukuda raqiblik qiladi.
Bu Azizbek uchun RIZIN bilan shartnomasi bo'yicha 3 ta jangidan birinchisi hisoblanadi. Jang eng engil vazn toifasida o'tkaziladi.
Azizbek Temirov faoliyati davomida hozirgacha 7 ta jang o'tkazib, 5 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. Fukuda hisobida esa 26 ta g'alaba, 9 ta mag'lubiyat va 1 ta durang bor.

Havola :
Manba : instagram.com/rizin_pr
Fikrlar