So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

15 iyu 08:02
Yangiliklar

Dzyudo

Azizjon Kamilov Budapeshtda IJF prezidenti bilan uchrashdi

Tokio Olimpiadasining muhim reyting ochkolari o'ynalgan Vengriya Gran-prisi o'z nihoyasiga etdi.

Uch kun davom etgan nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham munosib ishtirok etdi. Dzyudochilarimiz yakunda 2 ta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida 80 ta davlat orasida 16-o'rinni band etishdi. 

Etiborlisi, Vengriya Gran-prisi doirasida O'zbekiston dzyudo federaciyasi prezidenti Azizjon Kamilov hamda Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) prezidenti Marius Vizer o'rtasida navbatdagi uchrashuv ham bo'lib o'tdi. Ular shu yil BAAda o'tgan Osiyo chempionatida ham uchrashishgan edi. 

Bu galgi uchrashuvda janob Vizer mamlakatimiz dzyudochilarining xalqaro arenada erishayotgan muvaffaqiyati, yurtimiz mezbonlik qilayotgan nufuzli xalqaro musobaqalarning yuqori saviyada o'tkazilayotgani va bu bilan O'zbekiston dunyoda dzyudoning yanada ommalashuviga munosib xissa qo'shayotganini alohida etirof etdi. 

Malumki, Xalqaro dzyudo federaciyasi o'rta talim maktablarida ham dzyudoni fan sifatida o'tkazish bo'yicha maxsus dastur ishlab chiqqan. Unga ko'ra, bugungi kunda O'zbekistonda ham yigirmata maktab darsligiga dzyudo kiritilgan. Kelajakda bu son yana oshiriladi. Vizer uchrashuv chog'ida bu mavzu bo'yicha ham o'zining iliq fikrlarini bildirdi hamda O'zbekiston dzyudo federaciyasi yangi rahbar boshchiligida xalqaro munosabatlarda faol ishtirok etayotganini urg'uladi.   

Tabiiyki, o'zbekistonlik dzyudochilarning kelasi oy Tokioda o'tkaziladigan yilning eng nufuzli musobaqasi - Jahon chempionatiga ko'rayotgan hozirligi, poytaxtimiz mezbonligida o'tadigan Toshkent Gran-prisiga olib borilayotgan tayyorgarlik, hakamlar va murabbiylar uchun tashkil etiladigan turli xalqaro seminarlar hamda boshqa qator masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Kelajakda ham O'zbekiston va Xalqaro dzyudo federaciyasi o'rtasida keng ko'lamdagi hamkorlik davom ettirilishi takidlandi. 

Uchrashuv so'nggida Azizjon Kamilov Marius Vizerga esdalik sovg'asi topshirdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing