07 dek 08:52
Yangiliklar
Azizjon Kamilov Budapeshtda IJF prezidenti bilan uchrashdi
Rasmiy maqomdagi uchrashuv Xalqaro dzyudo federaciyasi shtab-kvartirasi joylashgan Budapesht shahrida o'tkazildi. Vengriya poytaxtida o'tgan uchrashuvda IJF prezidenti O'zbekiston va Xalqaro dzyudo federaciyalari o'rtasidagi hamkorlikni yuqori baholab, uni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qildi.
Takidlanishicha, O'zbekiston tashkilotning olimpiya sport turlari oilasiga mansub dzyudoning butun dunyodagi rivojiga munosib ulush qo'shib kelayotgan azosi hisoblanadi. Janob Vizer o'z so'zida o'zaro hamkorlik aloqalari kelajakda yanada kengaytirilishini urg'uladi.
O'z o'rnida Azizjon Kamilov O'zbekistonda barcha sport turlari, xususan dzyudoga ham hukumat darajasida qaralayotgani, erishilayotgan yutuqlar ana shu etiborning mahsuli ekanligini takidladi.
Fikrlar