So’nggi yangiliklar

21:04WTA рейтинги янгиланди. 22 поғона юқорилаган Раҳимова энди дунёнинг 44-ракеткаси! 0 19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0

26 apr 11:26
Yangiliklar

Dzyudo

Azizjon Kamilov va Marius Vizer O'zbekiston dzyudosi istiqbolini muhokama qilishdi

Xabaringiz bor, 19-22 aprel kunlari BAAning Fujayra shahrida dzyudo bo'yicha Osiyo/Okeaniya chempionati bo'lib o'tdi.

Tokio Olimpiadasining muhim reyting ochkolari o'ynalgan yilning ushbu nufuzli musobaqasida O'zbekiston terma jamoasi ham munosib tarzda ishtirok etdi. Dzyudochilarimiz yakunda 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo'lga kiritib, Osiyo va Okeaniyaning 40 ishtirokchi davlati orasida 6-o'rinni band etishdi.

Bundan tashqari, O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati Osiyo chempionati doirasida bir qator rasmiy uchrashuvlar ham o'tkazdi. Xususan, federaciya prezidenti Azizjon Kamilov Dubay shahrida BAA dzyudo, sport kurashlari hamda kikboksing federaciyalari prezidenti Muhammad Bin Talub Al Deriya bilan uchrashgan edi. 

Osiyo chempionati doirasidagi yana bir etiborga molik uchrashuv Fujayra shahrida Xalqaro dzyudo federaciyasi prezidenti Marius Vizer bilan bo'lib o'tdi. O'zaro suhbat chog'ida janob Vizer mamlakatimiz dzyudochilarining xalqaro arenada erishayotgan muvaffaqiyatlari, O'zbekiston mezbonlik qilayotgan nufuzli xalqaro musobaqalarning yuqori saviyada tashkil etilayotgani va bu bilan yurtimiz butunjahon dzyudo rivojiga munosib xissa qo'shib kelayotganini alohida etirof etdi.

Uchrashuv so'nggida kelajakda ham O'zbekiston va Xalqaro dzyudo federaciyasi o'rtasida keng ko'lamdagi hamkorlik davom ettirilishi takidlandi. Marius Vizer o'z so'zida O'zbekiston bemalol qita va jahon chempionatlarini o'tkaza olishini urg'uladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing