So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

20 may 18:05
Yangiliklar

Velosport

BAA velosport federaciyasi rahbari MOQqa tashrif buyurdi

Teglar :  VelosportMOQ
Mamlakatimizda mehmon bo'lib turgan Birlashgan Arab Amirligi velosport federaciyasi prezidenti Osama Ahmad al-SHafat boshchiligidagi delegaciya kecha kunning ikkinchi yarmida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida mehmonlarni Madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o'rinbosari Murod Aliev, Milliy olimpiya qo'mitasi vice-prezidenti Farhod Turdiev hamda O'zbekiston velosport federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Elena CHernikova kutib oldilar. 

Dastavval mehmonlar qo'mita muzeyida bo'lib, bu er o'rnatilgan turli eksponatlar, kubok hamda medallarni ko'zdan kechirdi. SHundan so'ng, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi xuzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazida bo'lib, markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

BAA velosport federaciyasi prezidenti Osama Ahmad al-SHafat O'zbekistonda sport sohasini taraqqiy ettirish borasida amalga oshirilayotgan say-harakatlarni yuqori baholadi va bu kabi uchrashuvlar o'zaro hamkorlik rishtalarini yanada keng quloch yozishiga xizmat qilishini takidlab o'tdi.

“O'zbekistonda sog'lom turmush tarzini shakllantirish hamda kelajak egalarini har tomonlama barkamol qilib voyaga etkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar har qancha taxsinga sazovor. Yurtingizda, shuningdek, Olimpiya harakatini rivojlantirish yo'lida amalga oshirilayotgan say-harakatlarni ko'rib, ochig'i xayratga tushdim.

Mening bu safargi tashrifimdan ko'zlangan asosiy maqsad o'zaro hamkorlik rishtalarini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat. Xabaringiz bor, bizda “Abu-Dabi tur”, “Tur Dubay” va “Tur SHarja” kabi xalqaro velopoygalar muntazam ravishda o'tkazilib turadi. Agarda O'zbekiston jamoasi ham ana shu velopoygalarda ishtirok etsa, nur ustiga alo nur bo'lardi.

Bundan tashqari O'zbekistonda va BAAlarida hamkorlikda o'quv-mashg'ulot yig'inlari tashkil etish taklifini ham ilgari surmoqchimiz. SHuni ishonch bilan ayta olamanki, hamkorlikda o'tkaziladigan o'quv-mashg'ulot yig'inlari har ikki tomonga ham ijobiy natija beradi”, - dedi BAA velosport federaciyasi rahbari. 

Tashrif so'ngida mehmonlarga Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Milliy olimpiya qo'mitasining esdalik sovg'alari topshirildi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing