11 apr 08:14
Yangiliklar
Gimnastika
Badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogining ochilish marosimi bo'lib o'tdi
Poytaxtimiz mezbonligida o'tayotgan badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogining tantanali ochilish marosimi tashkil etildi.
Tadbirda Xalqaro gimnastika federaciyasi, Sport vazirligi, MOQ, mamlakat gimnastika federaciyasi rasmiylari va ko'p sonli gimnastika ixlosmandlari ishtirok etishdi. Unda so'z olgan rasmiylar bu yilgi bellashuvlar yuqori saviyada o'tkazilayotgani, yurtimizda ushbu sport rivoji xususida fikr bildirishdi.
Marosim yakuniga etgach, bugungi kun dasturidan o'rin olgan saralash bellashuvlariga navbat berildi.
Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqada 39 mamlakatdan tashrif buyurgan 150 nafardan ortiq sportchi g'oliblik uchun bahs olib bormoqda.








Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar