11 okt 15:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Badu Jek chempionlik kamarini himoya qiladi. Manzil, sana va raqib malum
Birinchi og'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Badu Jek raqibiga revansh olish imkoniyati beryapti.
13 dekabr kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida o'tkaziladigan prof boks oqshomida u WBC kamarini Noel Gevor Mikaelyandan himoya qiladi. Bu haqda The Ring xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, 2025 yilning may oyida bokschilarning Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni) shahrida bo'lib o'tgan ilk jangida Badu Jek Mikaelyanni hakamlarning ko'pchilik ovozi (114-114, 115-113 va 115-113) bilan mag'lub etgandi. Uning hisobida 29 g'alaba (17 nokaut), 3 mag'lubiyat va 3 ta durang bor. Mikaelyan esa 27 g'alaba (12 nokaut) va 3 mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Fikrlar