08 avg 17:27
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
Bahodir Jalolov 21 yillik nohush ananani buzdi
Bugun bokschimiz Bahodir Jalolov Tokio Olimpiadasi finalida amerikalik Richard Torresni mag'lubiyatga uchratdi.
Ushbu g'alaba orqali Bahodir Olimpiada chempioni unvoniga ega bo'ldi.
Qayd etish lozimki, Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston delegaciyasi bayroqdori vazifasini bajargan sportchilar 21 yildan buyon oltin medal qo'lga kirita olmayotgandilar. So'nggi marotaba O'zbekiston bayroqdorlari ichida bokschi Muhammadqodir Abdullaev oltin medalni qo'lga kiritgandi.
4 ta Olimpiadadan so'ng nihoyat Bahodir Jalolov oltin medalni O'zbekiston delegaciyasiga taqdim etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar