10 fev 13:01
Yangiliklar

Bahodir Jalolov bo'lajak raqibi haqida gapirdi
Bahodir Jalolov (9-0, 9 KO) 18 mart kuni Dubayda polshalik Kamil Cokolovski (11-25, 4KO)ga qarshi ringga ko'tariladi. Jalolov raqibi hamda tayyorgarligi haqida Olamsport.com saytiga qisqa intervyu berdi.
"Cokolovskiga qarshi mart oyida bo'ladigan jangimga tayyorgarlik olib boryapmiz. Raqibim juda chidamli bokschi. Devid Prays, Dillian Uayt kabi kuchli va taniqli bokschilar bilan jang qilgan. Promouter, menejerlarim hamma raqiblarini bir-ikki raundda nokaut qilavermasin, deb shunaqa chidamli raqibni berishdi.
Jang 8 raund bo'ladi, shuning uchun ham zarba ko'taradigan raqib bo'lishi kerak edi. Katta janglarga chiqqanimda ko'proq raund ishlashga o'rganishim lozim. Birinchi o'rindagi maqsadim - reytingimni ko'tarish. Kamilning ham rekordi yaxshi, yuqori reytingli bokschilarga qarshi ringga chiqqanlar bilan jang qilsa reytingda ko'tarilish oson bo'ladi.
Ayni paytda mashg'ulotlarni Yangiobod sport bazasida olib boryapmiz. Tez kunda xorijdan sparring sheriklar kelishi kerak, ular kelganidan so'ng 8 raundlik jangga tayyorgalikni boshlaymiz", - dedi Bahodir.
Fikrlar