25 fev 18:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov Bolgariyada ikkinchi jangini o'tkazdi
Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo'yicha "Stranja" xalqaro turniri davom etmoqda.
Bugun musobaqa doirasida eng og'ir vaznli bokschimiz Bahodir Jalolov ikkinchi jangini o'tkazdi.
Ushbu bahsda hamyurtimizga turkiyalik Berat Achar raqiblik qildi. Jang to'liq davom etdi va unda Jalolov to'liq ustunlikka erishgan holda, 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
Mazkur g'alaba orqali Bahodir Jalolov musobaqaning yarim finaliga yo'l oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar