27 fev 21:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov Bolgariyadagi turnir finalida jang o'tkazdi
Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo'yicha xalqaro "Stranja" turniri o'z yakuniga etdi.
Bugun musobaqaning final janglari tashkil etildi. Turnirda +91 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bahodir Jalolov finalda ukrainalik Cotne Rogavaga qarshi jang qildi.
Bokschimiz jangni faol o'tkazdi va 4:1 hisobida g'alaba qozonib, musobaqa g'olibiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Bobousmon Baturov va Dilshodbek Ro'zmetov finalda g'alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo'lishgandi.
SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi vakillari "Stranja" turniri davomida 3 ta oltin, 3 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar